Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga shama qildi

Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga shama qildi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi-2024 yakunlanganidan keyin terma jamoadagi professional faoliyatini yakunlashiga shama qildi. Avvalroq uning terma jamoadagi sherigi Anxel Di Mariya ham xuddi shunday rejalari haqida ma’lum qilgandi.

Keling, terma jamoa va butun jamoa sifatida boshdan kechirayotgan voqealardan bahramand bo‘laylik: finalga chiqish biz uchun oson bo‘lmadi, biz yana chempionlik unvoni uchun kurasha olamiz. Bu qiyin edi, lekin biz muvaffaqiyatga erishdik.

Men bularning barchasining quvonchini boshqalar bilan baham ko‘raman, katta zavq olaman va xuddi Di Mariya va Otamendi kabi, bu so‘nggi o‘yinlarim ekanini tushunaman", - deya Messining so‘zlarini keltiradi "TyC Sport".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!