Messi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadimi?

Messi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadimi?

Argentina Olimpiya terma jamoasi ustozi Xavyer Maskerano Lionel Messini Parij-2024 Olimpiadasiga olib ketishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Messi bilan aloqalarim qanday? Ajoyib, Messi singari futbolchi bizga Olimpiya o‘yinlarida katta yordam berishi mumkin. Agar u istasa, men uni Olimpiya terma jamoasiga chaqiraman”, — dedi Xavyer Maskerano.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlarida terma jamoalarga U-23 yosh toifasidan katta bo‘lgan uch nafardan futbolchi olib ketish imkoni beriladi.

Ma’lumot uchun, Messi Pekin-2008 Olimpiya o‘yinlarida terma jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!