Messi — Yevropaning eng samarali futbolchisi, Silva va Dibala kuchli uchlikda, Ronaldu esa o‘nlikda ham yo‘q

Messi — Yevropaning eng samarali futbolchisi, Silva va Dibala kuchli uchlikda, Ronaldu esa o‘nlikda ham yo‘q

CIES Football Observatory statistika kompaniyasi Yevropaning Top-5 ligasi futbolchilari o‘yinining samaradorligi va sifati bo‘yicha reytingni e’lon qildi, deb yozadi «Sport-Ekspress»ga asoslanib Daryo nashri.

Unga kamida 20 ta o‘yin (1800 daqiqa) o‘tkazgan futbolchilar kirdi. Germaniya chempionati uchun biroz kamroq— 16 ta o‘yin (1440 daqiqa) belgilandi. Natijada jarohati tufayli 1797 daqiqa o‘ynagan PSJ hujumchisi Neymar bu reytingga kirmay qoldi.

Evropaning eng samarali futbolchilari ro‘yxatini «Barselona» hujumchisi Lionel Messi boshqarmoqda — 92,12 ball. Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» yarim himoyachisi David Silva bormoqda — 91,69. Kuchli uchlikni «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala yakunlab bergan — 91,37 ball.

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 16-o‘rinni egallagan — 88,58 ball.

Top-20:

  • 1. Lionel Messi — 92.12

  • 2. David Silva — 91.69

  • 3. Paulo Dibala — 91.37

  • 4. Serxio Aguero — 90.48

  • 5. Nikolas Otamendi — 90.47

  • 6. Muhammad Saloh — 90.45

  • 7. Fernandinyo — 90.45

  • 8. Kevin De Bryuyne — 90.14

  • 9. Rahim Sterling — 89.76

  • 10. Robert Levandovski — 89.61

  • 11. Kalidu Kulibali — 89.17

  • 12. Harri Keyn — 89.02

  • 13. Xames Rodriges — 88.97

  • 14. Jorjinyo — 88.74

  • 15. Miralem Pyanich — 88.65

  • 16. Krishtianu Ronaldu — 88.58

  • 17. Lorenso Insinye — 88.58

  • 18. Marek Gamshik — 88.53

  • 19. Raul Albiol — 88.46

  • 20. Ivan Rakitich — 88.18


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!