Meksikada korrupsion mansabdor shaxslarning mol-mulki kambag‘allarga tarqatila boshladi

Meksikada korrupsion mansabdor shaxslarning mol-mulki kambag‘allarga tarqatila boshladi

Meksika hukumati kambag‘al fuqarolarga auksionda korrupsion mansabdorlarning ko‘chmas mulki va avtomashinalarini sotish orqali yordam berishga qaror qildi, deya xabar berdi "The Guardian".

 

Kambag‘allarga yordam berish dasturi “Robin Gud” nomini oldi. Auksiondan tushgan barcha mablag‘lar ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun shaharlarning hisob raqamiga o‘tadi. "Jinoyatchilardan musodara qilingan barcha narsalar jamoalarga, ayniqsa, kambag‘allarga qaytariladi”, deya ma’lum qildi Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador.

 

Birinchi auksion 26 mayda Los Pinos (sobiq prezidentlik saroyi)da bo‘lib o‘tadi. Auksionda «Lamborghini», “Murcilago”, “Mercedes-Benz”, “Chevrolet”, “Posche” kabi 82 avtomashina qo‘yiladi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning umumiy boshlang‘ich narxi 1,5 million dollarni tashkil etadi  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!