Mbappening "Real"dagi taqdimoti avgustga qoldirilishi mumkin

Mbappening "Real"dagi taqdimoti avgustga qoldirilishi mumkin

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening "Real" futbolchisi sifatidagi taqdimoti avgust oyiga qoldirilgan bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda AS.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 25 yoshli fransiyalik futbolchini avgust oyi boshida, jamoa AQShdagi turnedan qaytganida tanishtirishi mumkin. Qayd etilishicha, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 14 iyun kuni boshlanadigan turnir boshlanishiga ikki hafta qolganda Yevro-2024 oldidan jamoa yig‘ish niyatida.

Avvalroq 25 yoshli hujumchi 80 million yevrolik sodiqlik bonusidan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, u kelajagini 2024 yilgi Yevropa chempionati boshlanishidan oldin e’lon qilishini aytdi. Turnir Germaniyada 14 iyundan 14 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

OAV futbolchi yozda "Real Madrid" futbolchisiga aylanishini yozishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!