Mayk Tayson va Jeyk Pol jangining yangi sanasi e’lon qilindi

Mayk Tayson va Jeyk Pol jangining yangi sanasi e’lon qilindi

Amerikalik faxriy bokschi, sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson hamda bloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jangning yangi muddati ma’lum bo‘ldi.

Tashkilotchilarning xabar berishicha, jang endilikda 15 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Oqshomning ikkinchi asosiy jangida Amanda Serrano hamda Keti Teylor to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, Tayson - Pol jangi aslida 20 iyul kuni o‘tkazilishi lozim edi, biroq Maykning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli, jang sanasida o‘zgarish yuzaga keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!