Maxachev Dog‘iston Respublikasi "Shon-shuhrat" ordeniga loyiq ko‘rildi

Maxachev Dog‘iston Respublikasi "Shon-shuhrat" ordeniga loyiq ko‘rildi

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev Dog‘iston Respublikasi rahbari Sergey Melikovdan ushbu mukofotni qabul qilib oldi.

Amerikalik Dastin Poryega qarshi jangda kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan Islam "Shon-shuhrat" ordeniga loyiq ko‘rildi. Mukofotni Sergey Melikov tantanali ravishda topshirdi.

"Biz deyarli milliy sportimizga aylanib ulgurgan sport turlarida g‘alaba qozonayotganimizdan faxrlanamiz. Sakkiz burchakli oktagonning barcha tomonlari dog‘istonliklar tomonidan egallab bo‘lindi. Bu yerda hech qanday balandparvoz so‘zlar yo‘q. Biz sening g‘alabalaringdan g‘ururlanamiz", - dedi Dog‘iston rahbari.

"Barchangiz mening janglarim oldidan tashvish chekayotganingiz hamda qo‘llab-quvvatlayotganingizni hamisha his etib turaman. Sizlarni uyaltirib qo‘ymaslik uchun astoydil harakat qilyapmiz. Yana bir bor barchangiz uchun katta rahmat", - dedi UFC chempioni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!