Massajga borgan o‘zbekistonlik kaltaklanib, tunab ketildi

Massajga borgan o‘zbekistonlik kaltaklanib, tunab ketildi

Dubay polisiyasi to‘rt nafar Nigeriya fuqarosini qo‘lga oldi. 28 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan nigeriyalik ayollar O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilishda gumon qilinyapti.

O‘zbekistonlik polisiyaga murojaat qilib, massaj xizmati haqida e’lon topib olgani va ular bilan bog‘langanib, massaj seansiga kelishganini aytgan. U borgan yerda besh nafar nigeriyalik bo‘lgan. Ular o‘zbekistonlikka tashlanib, uni yechintirib, shu holida videoga olgan. So‘ng urib, kaltaklab, pullarini o‘g‘irlab ketishgan. Ayollar erkakning 4500 dirham (taxminan 1200 dollar) pulini o‘marishgan.

Ayollar erkakni qo‘yib yuborishgach, u polisiyaga shikoyat qilsa, uni qattiq jazolash bilan tahdid qilgan. Shunga qaramay O‘zbekiston fuqarosi darhol polisiyaga murojaat qilgan.

Polisiya to‘rt nafar nigeriyalikni qo‘lga olgan. Beshinchisi qidiruvga berilgan. Hibsdagi ayollar o‘z ayblarini rad qilgan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!