"Masha va maymoq" multfilmi asoschilaridan yangilik! Mashaning o‘g‘il bola do‘sti paydo bo‘ladi...

"Masha va maymoq" multfilmi asoschilaridan yangilik! Mashaning o‘g‘il bola do‘sti paydo bo‘ladi...

Masha va maymoq loyihasining asoschilari dunyoning eng mashhur musiqalari asosida bolalar uchun qo‘shiqlar yaratmoqda.

Mashaning qo‘shiqlari deb nomlangan yangi loyiha shu yilning aprelidan boshlanishi kutilmoqda.

Animakkord studiyasi aprelda Mashaning qo‘shiqlari nomli yangi loyihaga qo‘l urish niyatida. Loyihada Masha a maymoq multfilmi qahramoni turli mamlakatlarning mashhur musiqalari asosida qo‘shiq kuylaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Har bir mamlakatdan biz eng mashhur, eng sevimli musiqani tanlab olishga harakat qildik va bu musiqalarga o‘zimiz qo‘shiq yozdik. Masha esa ushbu qo‘shiqlarni bolalarcha kuylaydi

Dmitriy Loveyko, multfilm prodyuseri

Bundan tashqari, Masha va maymoq badiiy rahbari Denris Chervyasov kelgusi mavsumlarda Mashaning o‘g‘il bola do‘stini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga va’da berdi. Ma’lumki, Masha dastlab qo‘rqinchli personaj sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq u yashil ko‘zli yoqimtoy qizaloq sifatida gavdalantirilgan edi.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!