Qoraqalpog‘istonda yomg‘ir va kuchli shamol oqibatida do‘konlar yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda yomg‘ir va kuchli shamol oqibatida do‘konlar yonib ketdi

11 avgust kuni soat taxminan 4:40lar atrofida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mang‘it shahri “Xalqlar do‘stligi” va “Buyuk Turon” ko‘chalari kesishmasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan.

Amudaryo tuman YOXB boshlig‘i H.Matyaqubovning ma’lum qilishicha, ushbu manzilga o‘t o‘chirish mashinalari soat 4:43da yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in qurshab olinib, soat 06:28da to‘liq bartaraf etilgan hamda boshqa savdo do‘konlari va qo‘shni binolariga tarqalishining oldi olingan.

Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ammo yong‘in 2 nafar tadbirkorga tegishli do‘kon binolarini qurshab olgani sabab 180 kvadrat metr binolardagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, jihozlar yonib ketgan.

Mazkur hodisa shu kuni yoqqan kuchli yomg‘ir va yuqori tezlikda esgan shamol tufayli elektr tarmoqlarida ro‘y bergan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda yong‘in yetkazgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!