"Manchester Yunayted" deyarli 100 mln yevrolik transferni amalga oshirishga tayyor

"Manchester Yunayted" deyarli 100 mln yevrolik transferni amalga oshirishga tayyor

"Manchester Yunayted" "Everton"ning 21 yoshli markaziy himoyachisi Jerred Brentueyt uchun 80 mln funt (93,6 mln yevro) miqdoridagi taklif tayyorlamoqda.

Klub rahbarlaridan biri Jim Retkliff Brentueytga jamoani qayta qurishdagi asosiy o‘yinchilardan biri sifatida qaramoqda.

Oldinroq, o‘yinchiga Madridning "Real" va Londonning "Arsenal" klubi qiziqayotgani xabar qilingan edi.

Brentueyt joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchini 30 mln yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!