Lukashenko Putinga koronavirus borasida maslahat berdi

Lukashenko Putinga koronavirus borasida maslahat berdi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya rahbari Vladimir Putinga koronavirusdan ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi. Bu haqda 9 avgust, yakshanba kuni ma’lum qilindi, deya xabar beradi "lenta.ru".

"Men Putinga o‘zingizga ehtiyot bo‘ling deb maslahat berdim. Chunki to‘g‘ri, kasallikni davolash mumkin (bizning shifokorlarimiz juda zo‘r, ular virusni yo‘q qilishni bilib olishgan), ammo baribir, koronavirus yuqtirmagan ma’qul", dedi Lukashenka prezident saylovlarida ovoz bergandan keyin jurnalistlarning savollariga javob berarkan.

Uning ta’kidlashicha, yoshlar va yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar koronavirus infeksiyasini osonlikcha yuqtirishadi. Ammo keksa odamlar profilaktika choralariga rioya qilishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!