Lavrovning Minskka safari qoldirildi

Lavrovning Minskka safari qoldirildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 27—28 noyabr kunlariga mo‘ljallangan Minskka tashrifi uning belaruslik hamkasbi Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan qoldirildi.

“Rossiya TIV va Belarus TIV kollegiyalarining qo‘shma yig‘ilishini hamda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Minskka amaliy tashrifini kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Tashrif va boshqarmalar kengashlari yig‘ilishlarining yangi sanalari keyinroq e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!