“Krokus”dagi teraktda Ukraina harbiy razvedkasining ishtiroki aniqlandi

“Krokus”dagi teraktda Ukraina harbiy razvedkasining ishtiroki aniqlandi

​​​​​Rossiya maxsus xizmatlari Ukraina harbiy razvedkasining Moskva yaqinida, Krasnogorskdagi “Krokus siti xoll”da mart oyida sodir etilgan teraktga aloqadorligini aniqladi. Bu haqda Milliy antiterror qo‘mitasi raisi (MAQ), Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov MAQ yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik radiosi.

MAQ axborot markazi tomonidan Bortnikov nutqi videosining bir qismi ommaga taqdim etildi.

"Ukraina va G‘arb maxsus xizmatlari Rossiyada shov-shuvli jinoyatlarni sodir etish uchun yollangan ehtimoliy jinoyatchilar doirasini kengaytirib, ularni tayyorlash va xalqaro terrorchilik tashkilotlarini qurollantirishda yordam bermoqda. Bunga isbot sifatida Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll”dagi teraktda Ukraina harbiy razvedkasining ishtiroki yorqin misoldir", – dedi u.

22 mart kuni “Krokus Siti Xoll”da sodir bo‘lgan terakt zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik teraktlardan biriga aylandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktda 145 kishi halok bo‘lgan.

Teraktdan so‘ng bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atildi: terakt, unga tayyorgarlik, terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish, qurol va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi haqidagi moddalar bo‘yicha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!