Koronavirusga rasman nom berildi

Koronavirusga rasman nom berildi

Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar va kasallikka chalinganlar soni tobora ortmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) global pandeniyaning oldini olish mumkinligini, biroq bunga vaqt kam olganini ma’lum qildi. 

“Evronyus”ning xabar berishicha, seshanba kuni Jenevada JSSTning koronavirus masalasiga bag‘ishlangan forumi ish boshladi, unda 400 ga yaqin ekspertlar ishtirok etmoqda. Anjumanda yangi koronavirusga rasman nom berildi – COVID-19. 

“Bu epidemiyani to‘xtatib qolish uchun real imkoniyatga egamiz. Imkoniyat bor ekan, zudlik bilan va qat’iy harakat qilish zarur. Dunyoga chaqirig‘imiz shunday: kelinglar, imkoniyatlardan jiddiylik bilan foydalanaylik! Agar imkoniyatni qo‘ldan boy bersak, bundan qattiq afsuslanamiz” – dedi JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus.

Ayni paytda bir nechta mamlakatda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina va dori ishlab chiqishi ustida izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, britaniyalik olimlar vaksinani hayvonlarda sinab ko‘rishga kirishdi. 
 

P/S. Koronavirusga oid yangi raqamlar bilan quyidagi silka orqali tanishishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!