Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi

 Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi

Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligiga qarashli Vaksina.uz Telegram-kanali xabar bermoqda.

Bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatma xatiga muvofiq O‘zbekiston aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida 17 noyabr kunidan boshlab to‘liq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.

O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!