Koronavirusga qarshi emlash jarayonini tezlashtirsa bo‘ladimi?

Koronavirusga qarshi emlash jarayonini tezlashtirsa bo‘ladimi?

N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi direktori Aleksandr Ginsburg COVID-19ga qarshi emlash jarayonini tezlashtirish kerakligini ma’lum qildi, ammo hozir emas.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazish qobiliyatining cheklanganligi sababli ayni paytda jarayon tezligini oshirib bo‘lmaydi. Shuningdek, emlashni keyingi kunga qoldirishning ham hojati yo‘q.

Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, Rossiyada ayni paytda kuniga 500-600 kishi emlanmoqda va umumiy ko‘rsatkich allaqachon 5 ming kishidan oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!