Koronavirusda ingalyasiyani shifokor nazorati ostida qo‘llang! – Shtab a’zosi

Koronavirusda ingalyasiyani shifokor nazorati ostida qo‘llang! – Shtab a’zosi

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusda ingalyasiya yordam berishiga oid savolga javob qaytardi.

«Ingalyasiya turli yo‘tal shakllarida balg‘amni yumshatish va drenajlashda yoki bronxospazmlarda spazmni yo‘qotishda turli dori-darmonlarni qo‘llash bilan tavsiya etiladi. Koronavirus bilan kasallanishda balg‘amsiz, quruq yo‘tal kuzatiladi. Bunday holatda ingalyasiya qilish yallig‘lanishga yoki yo‘tal kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, kasallik bosqichini hisobga olgan holda, ingalyasiyani qo‘llash qat’iy shifokor tavsiyasi va nazorati ostida tavsiya etiladi», deya javob bergan shtab a’zosi.

Bundan tashqari, koronovirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida ma’lumotlar mavjudligi to‘g‘risidagi savolga ham javob berildi.

JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Bugungi kundagi holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi. Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa yengil kechiradi», dedi Sevara Ubaydullayeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!