Koronavirus “tiz cho‘ktirmoqda”: Dunyo mamlakatlarining uchdan bir qismidan ko‘pi XVFdan yordam so‘radi

Koronavirus “tiz cho‘ktirmoqda”: Dunyo mamlakatlarining uchdan bir qismidan ko‘pi XVFdan yordam so‘radi

Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoning 80 dan ortiq mamlakati yordam so‘rab Xalqaro valyuta fondiga murojaat qildi.

Hozirgi vaqtda XVFda "favqulodda moliyalashtirish"ga qaratilgan saksondan ortiq so‘rovlar mavjud.

Internet manbalari xabariga ko‘ra, bu haqda fond vakili anjuman davomida ta’kidlagan va so‘ralgan mablag‘larning umumiy hajmi 20 milliard dollardan oshganini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘p so‘rovlar kichik, kam daromadli hamda rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan yuborilgan.

Xalqaro valyuta fondi xodimining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot kelib tushgan so‘rovlarning 50 foizini o‘rganib chiqqan, ammo bu so‘rovlarning Ijroiya kengashi ko‘rib chiqishi uchun yuborilganligini anglatmaydi.

Biroq, ekspertning so‘zlariga ko‘ra, "odamlar chindan ham tunu kun ishlashmoqda".

Shuningdek, u pnevmoniyaning yangi turi tarqalishi sababli mamlakatlar tomonidan qarzlarni to‘lash bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish masalasiga ham to‘xtaldi.

Xususan, fond vakili ushbu qadam mavjud qarzlarni to‘la bekor qilish sifatida qilinmasligini, aksincha, mamlakatlarga virusga qarshi kurashishda mablag‘larni yo‘naltirishga yordam berish uchun qo‘llanilayotganligini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus batafsilroq tushuntirishga muhtoj. Takliflar XVF va Jahon bankining qo‘shma majlisida muhokama qilinadi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!