Koronavirus: jami kasallanganlar soni 92 ming nafardan oshdi

Koronavirus: jami kasallanganlar soni 92 ming nafardan oshdi

2021 yil 2 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92006 (+363) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
– 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
– 5 nafari Andijon viloyatida,
– 7 nafari Jizzax viloyatida,
– 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
– 4 nafari Navoiy viloyatida,
– 5 nafari Namangan viloyatida,
– 46 nafari Samarqand viloyatida,
– 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
– 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 10 nafari Xorazm viloyatida,
– 74 nafari Toshkent viloyatida,
– 188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
– Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
– Samarqand viloyatida 79 nafar,
– Sirdaryo viloyatida 8 nafar,
– Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
– Toshkent viloyatida 48 nafar,
– Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87965 (+337) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 653 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3388 nafar bemor davolanmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!