Konor Makgregorni mashina urib yubordi

Konor Makgregorni mashina urib yubordi

Ikki vazn toifasida irlandiyalik UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida uni mashina urib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

"Hozirgina meni orqadan mashina urib yubordi. Haydovchida ayb yo‘q, uning ko‘ziga quyosh nuri tushishi bunga sabab bo‘ldi. Meni bor tezligida urib yubordi. Hudoga shukur, mening vaqtim kelmagan ekan. Kurash va dzyudoga rahmat - to‘g‘ri yiqilish hayotimni saqlab qoldi", - deya voqeani izohlagan Konor.

Shuningdek, Makgregor xaydovchi uni uyiga eson-omon yetkazib qo‘yganini ham unutmadi:

"Nik meni urib yubordi va endi velosiped bilan birga uyga olib ketyapti. Hudoga shukur, men shu yerdaman va faqat shunisi ahamiyatli".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!