Kobalt ikkiga bo‘lindi

Kobalt ikkiga bo‘lindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 28.07.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan da’vogar M.X. foydasiga javobgar SH.U. nisbatan “Cobalt” avtomashinasini umumiy mulk deb topish, avtomashinadagi hissasi hisobiga 10.726.419 so‘m hissa 680.000 so‘m sud harajatlari, 544.000 ekspertiza harajati va 34.000 so‘m pochta harajati undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan qarzdor SH.U.ga sud qarori ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash bo‘yicha ixtiyoriy muddat belgilab berilgan, biroq ijrosi ta’minlanmagan.

Shunga ko‘ra, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Cobalt” avtomashinasi xatlab qo‘yilayotgan vaqtga kelib belgilangan qarzlarni to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Qarzdor tomonidan 10.726.419 so‘m hissadagi qarz to‘liq undirilib, undiruvchining plastik karta raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Yuritilgan ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!