Klopp va’dasida turdi: Eriksson xayriya o‘yinida «Liverpul»ga ustozlik qiladi

Klopp va’dasida turdi: Eriksson xayriya o‘yinida «Liverpul»ga ustozlik qiladi

Sven-Yoran Eriksson xayriya o‘yinida «Liverpul»ni boshqaradi. Yurgen Klopp saratonga chalingan shvesiyalik murabbiyning orzusini amalga oshirishga qaror qildi.

«Liverpul» klubi 23 mart kuni «Enfild»da o‘tadigan «Ayaks» afsonalariga qarshi uchrashuvda Sven-Yoran Eriksson murabbiylar shtabidan o‘rin olishini tasdiqlaydi», - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi, «Roma», «Lasio» va «Manchester Siti» klublarini boshqargan shvesiyalik 75 yoshli mutaxassis yanvar oyida saratonga chalinganini ma’lum qilib, «Uzog‘i bilan yana bir yil umrim qoldi», - degan edi.

Eriksson har doim «Liverpul»ni boshqarishni orzu qilishini yashirmagan. Shu bois, mersisaydlar bosh murabbiyi Yurgen Klopp og‘ir dardga chalingan mutaxassisni orzusini ro‘yobga chiqarishga qaror qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!