Kishinyov aeroporti bomba haqidagi xabar tufayli faoliyatini to‘xtatdi

Kishinyov aeroporti bomba haqidagi xabar tufayli faoliyatini to‘xtatdi

Kishinyov hukumati shahar aeroportida bomba borligi haqida ogohlantirish oldi. Bu haqda Advarul xabar bermoqda .

Moldova Chegara polisiyasi (IGPF) bosh inspektori matbuot kotibi Raisa Novichkining aytishicha, ogohlantirish natijasida aeroport evakuasiya qilingan. Departament xodimlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur tekshiruvlarni o‘tkazdi.

Keyinroq IGPF vakillari bomba signali noto‘g‘ri ekanligini, aeroportda portlovchi ashyolar topilmaganini, havo bandargohi faoliyati tiklanganini ma’lum qildi.

Nashrning qayd etishicha, huquq-tartibot idoralari portlovchi moddalar haqida ogohlantirgan noma’lum shaxsni aniqlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!