Kim Chen In Shimoliy Koreya nima uchun harbiy qudratini kuchaytirayotganini tushuntirib berdi

Kim Chen In Shimoliy Koreya nima uchun harbiy qudratini kuchaytirayotganini tushuntirib berdi

KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning aytishicha, Shimoliy Koreya o‘z chegaralarini himoya qilish uchungina harbiy qudratini oshirmoqda.

Bu haqda davlat rahbari Koreya Ishchilar partiyasi tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram paradidagi bayonotida ma’lum qildi.

"KXDR o‘z kuchlarini kimgadir qarshi yo‘naltirish uchun oshirayotgani yo‘q... Biz faqat o‘zimizni himoya qilishga harakat qilamiz va birinchi bo‘lib kuch ishlatmaymiz", degan Shimoliy Koreya rahbari.

Shuningdek, u hujum bo‘lgan taqdirda, dushmanlar javob zarbasiga duch kelishini alohida ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!