Keniyalik alpinist Everestda halok bo‘ldi

Keniyalik alpinist Everestda halok bo‘ldi

Keniyalik alpinist Everestda halok bo‘ldi va uning yo‘lboshchisi bedarak yo‘qoldi. Joriy mavsumda dunyodagi eng baland tog‘ida halok bo‘lganlar soni 3 nafarga yetdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Reutersga tayanib.

40 yoshli Joshua Cheruyot Kirui va uning yo‘lboshchisi 44 yoshli sherpa Navang chorshanba kuni ertalab Xillari zinapoyalari (Everest tog‘ining deyarli vertikal qiyaligi) tepasida g‘oyib bo‘lishdi.

Qutqaruvchilar keniyalikning jasadini chorshanbaga o‘tar kechasi topishdi. Navang hali ham topilmagan.

"Ular cho‘qqiga chiqmasdan oldinmi, yoki ko‘tarilgandan keyin g‘oyib bo‘lganmi, aniq emas", – dedi baza lageridagi Ekspedisiya monitoringi va yordam ko‘rsatish boshqarmasi rahbari Xim Lal Gautam Reuters agentligiga.

Kirui o‘zining Instagramdagi so‘nggi postida yozganidek, qo‘shimcha kislorodsiz cho‘qqiga chiqishga harakat qildi.

"Kislorodsiz ko‘tarilishga urinish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi va ma’lum xavflarni o‘z ichiga oladi, jismonan mening tanam tayyor", – deb yozgan olti kun oldin u.

O‘tgan haftada ikki mo‘g‘ul alpinisti cho‘qqidan tushish chog‘ida halok bo‘lgan edi. Seshanba kuni Britaniyalik erkak ham Janubiy tepalik yaqinida sirpanib yiqilib, bedarak yo‘qolgan edi.

Yangi zelandiyalik ser Edmund Xillari va sherpa Tensing Norgey birinchi marta 1953 yilda cho‘qqiga chiqqanidan beri 7000 ga yaqin alpinist cho‘qqiga chiqdi, ularning aksariyati bir necha bor cho‘qqiga chiqdi, deydi rasmiylar. Ularning qo‘shimcha qilishicha, 335 dan ortiq alpinist halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!