Kadastr pasportini rasmiylashtirish qachon bepul amalga oshiriladi?

Kadastr pasportini rasmiylashtirish qachon bepul amalga oshiriladi?

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

* ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

* ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda ob’ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

* kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!