Jonni Depp qanday qilib 650 million dollardan iborat butun boyligini yo‘qotganini aytib berdi

Jonni Depp qanday qilib 650 million dollardan iborat butun boyligini yo‘qotganini aytib berdi

Jurnalist 54 yoshli aktyorning Londondagi uyida intervyu oldi. Intervyu 72 soat davom etdi.

Rodrikning aniqlashicha, o‘z faoliyati davomida aktyor 650 million dollar ishlagan. Hozir esa uning boyligidan deyarli hech narsa qolmagan. O‘tgan yili Depp 1999 yildan buyon uning moliyaviy ishlarini yuritgan The Management Group (TMG) kompaniyasini sudga bergan.

Deppning fikricha, kompaniya uning boyligini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Bundan tashqari, aktyorga aytmasdan uning singlisi Kristiga 7 million dollar berib yuborishgan.

Aktyorning so‘zlariga qaraganda, TMG ishlarning borishidan boxabar qilib turmagan. U o‘zi imzo chekadigan hujjatlarni ko‘pincha o‘qimaganini tan olib, kompaniya xodimlari uning mablag‘ini shu yo‘l bilan o‘zlashtirganini taxmin qildi.

TMG ma’lumotiga ko‘ra, Depp 75 million dollarga uylar, 70 ta gitara, 200 ta san’at asari, 45 ta avtomobil sotib olgan. Bundan tashqari, u «Kardashyan oilasi» shousidan 7 ming dollarga divan xarid qilgan, har oy parvozlarga 200 ming dollardan, doktorga 1,2 million dollardan, qo‘riqlash xizmatiga 1,8 million dollardan sarflagan.

Ayni paytda aktyor ko‘p pul ishlashtishni yoqtirishini tan oldi. Jumladan, u, kompaniya hujjatlarida ko‘rsatilganiday, 30 mingga vino olmagan, balki ko‘proq sarflagan.

«Vinoga oyiga 30 ming dollar sarflagan deyish meni haqorat qilishdir, — dedi aktyor. — Men ancha ko‘p sarflardim».

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!