«Johnson & Johnson» vaksinasi sinovlari: "Ishtirokchilarning 99 foizida antitanalar paydo bo‘ldi"

«Johnson & Johnson» vaksinasi sinovlari: "Ishtirokchilarning 99 foizida antitanalar paydo bo‘ldi"

AQShning “Johnson & Johnson” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlarining birinchi va ikkinchi davrining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tdi. Ko‘ngillilarda barqaror immunitet shakllandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, test sinovlarida 800 kishi ikki guruhga bo‘lingan holda qatnashgan. Birinchi guruhga 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar, ikkinchi guruhga 65 yoshdan oshganlar kiritilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, olingan xulosalar dastlabki natija bo‘lib, hali mustaqil ekspertlar tomonidan tasdiqlanmagan.

Olimlar koronavirusga qarshi emlangandan 29 kun o‘tgach, klinik sinovlarda ishtirok etganlarning 99 foizida antitanalar paydo bo‘lganini aniqlagan.

Shu bilan birga, nojo‘ya ta’sirlar ham kuzatilgan. Jumladan, isitma, bosh og‘rig‘i, tanada og‘riq, in’eksiya joyida zaiflik kuzatilib, bir-ikki kun ichida o‘tib ketgan.

Olimlarning fikricha, test natijalari vaksina bilan bog‘liq ishlarning yanada rivojlanishiga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!