Jizzaxda MIB avtobusni xatlangach, zavod ishchilar haqini berishga "pul topdi"

Jizzaxda MIB avtobusni xatlangach, zavod ishchilar haqini berishga "pul topdi"

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154-moddasida Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashi shartligi belgilangan.

Biroq, ayrim ish beruvchilar xodimlarni ishlatib, ish haqini berishga kelganda turli xil vajlar keltiradi.

Byuroning Forish tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 16 nafar fuqarolarining “ Korbonat ” Aksiyadorlik jamiyatidan hisoblangan, lekin to‘lanmagan 117 mln. so‘m ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida sud buyrug‘i kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida jamiyatga tegishli «Isuzi» rusumli avtobusi mavjud qarzdorlik evaziga xatlanib, bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan mazkur avtobus baholatib, auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilayotganidan xabar topgandan so‘ng jamiyat tomonidan 16 nafar fuqarolarining to‘lanmagan 117 mln. so‘m ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlari to‘liq undirib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!