Jizzaxda Cobalt mashinasi yonib ketdi

Jizzaxda Cobalt mashinasi yonib ketdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Cobalt yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 15 iyun kuni soat 12:50 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 998 kilometrda, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, motor va salon qismi yongan.

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!