Jek Ma O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi

Jek Ma O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi

Xitoyning Alibaba onlayn-do‘konining xayriya jamg‘armasi va kompaniyaning asoschilaridan biri, milliarder Jek Ma jamg‘armasi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga tibbiy mahsulotlarni yuboradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘lar yetti mamlakatga yordam tariqasida yuboriladi: O‘zbekiston, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Vetnam.

Ushbu mamlakatlar jami hisobda 1,7 millionta tibbiy niqoblar, 165 mingta testlar, himoya kiyimlari va tibbiy buyumlarga ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Xitoyga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ikki marta gumanitar yordam yuborgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!