Jasur Yaxshiboyev Qozog‘iston chempionatining ramziy jamoasidan joy oldi

Jasur Yaxshiboyev Qozog‘iston chempionatining ramziy jamoasidan joy oldi

Jasur Yaxshiboyev Qozog‘iston chempionatining 3-tur ramziy jamoasidan joy oldi. Ushbu ramziy jamoa Gooal.kz nashri tomonidan tuzilgan.

O‘zbekistonlik futbolchi mart oyida chempionatning uchta uchrashuvida maydonga tushdi. “Ordabasi” jamoasining hujumchisi Qozog‘iston chempionatidan o‘rin olgan “Shaxtyor” klubiga qarshi uchrashuvda gol urgan va bir bora assist qayd etgan. Yaxshiboyev va uning jamoasi ushbu uchrashuvda 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Jasur Yaxshiboyev “Kayrat” jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda ham gol muallifi bo‘lgan.

“Ordabasi” uch uchrashuvda 4 ochko to‘plab, Qozog‘iston chempionatida beshinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!