Janubiy Koreya KXDR harbiylariga qarshi ogohlantiruvchi o‘q uzdi

Janubiy Koreya KXDR harbiylariga qarshi ogohlantiruvchi o‘q uzdi

Shimoliy Koreya qo‘shinlari chegarani kesib o‘tganidan so‘ng, janubiy koreyalik harbiylar ularga qarshi ogohlantiruvchi o‘q uzdi, deb xabar beradi Yonhap axborot agentligi.

Shimoliy Koreya qo‘shinlari guruhi mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da chegaraning markaziy qismida ikki Koreyani ajratib turuvchi demilitarizasiya zonasida harbiy demarkasiya chizig‘ini kesib o‘tdi.

Ovoz kuchaytirgichlar va ogohlantiruvchi o‘qlar eshitilgach, Shimoliy Koreya harbiylari o‘z chegarasiga qaytdi.

Mamlakat shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ogohlantirish o‘qlari otilganidan keyin “hech qanday maxsus harakat” o‘tkazilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!