Iyul oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalarini 1 sentyabrga qadar topshirish mumkin

Iyul oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalarini 1 sentyabrga qadar topshirish mumkin

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra karantin muddati uzaytirilganini inobatga olib oylik yo‘l chiptalarini qabul qilish muddatini 1 sentyabrga qadar uzaytirildi, deya xabar bermoqda «Toshshahartransxizmat» AJ.

Xabarda chipta ishlatilmagan kunlar uchun pul mablag‘ini qaytarib olish maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 6-uyda joylashgan «Toshshahartransxizmat» AJning «Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi»ga murojaat qilish kerakligi ma’lum qilingan.

AvvalroqЈ iyul oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari karantin cheklovlari sabab 1 avgustdan 10 avgustga qadar qaytarib olinishi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!