Italiyalik xonanda Buxoroda klip oldi (video)

Italiyalik xonanda Buxoroda klip oldi (video)

Turizm sohasida ham O‘zbekistonning bir-biridan go‘zal viloyatlarini bor jozibasi bilan xorij auditoriyasiga taqdim etishda ham yangicha yo‘nalishlarni izlashga to‘g‘ri kelmoqda. Aynan shuning uchun ham “Ko‘k choy” vokal cholg‘u ansambli Italiyalik xonanda Daniyel Pistolozzi bilan hamkorlikda “Muhabbat ila Buxoro” (Bukhara with love) nomli qo‘shiq ishlab, unga Buxoroda klip ishladilar. 

Qo‘shiq ikki rus va italyan tillarida kuylangan bo‘lib, klipda Buxoro o‘zgacha joziba bilan namoyon qilinadi. Klip “O‘zbekturizm”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” homiyligida To‘dako‘l ko‘lida suratga olingan.

Klip Fransiya va Italiya davlatlarida 100 kishilik auditoriyaga namoyish etildi. Klip tomoshasidan so‘ng 80 nafar kishi Buxoroga sayohat qilishga katta qiziqish bildirgan, 60 kishi esa yer yuzida shunday go‘zal tabiatli shahar borligini endi bilganini aytgan.

“Bugungi kunda reklamalar bilan odamlarni jalb etish urfdan qoldi. Hozirda yoshlarni O‘zbekistonga sayohat qilishga jalb etish uchun “Yutub“ga videolar joylash va ularning sevimli xonandalari kliplaridan foydalanish kerak. Biz suratga olgan klip aynan yoshlarbop va uni qo‘l telefoni orqali ham osongina tomosha qilish va bo‘lishish mumkin. Yana biz klipda Buxoroni odamlarga his qilish darajasida yetkaza oldik deb o‘ylayman. Unda  Buxoroning sirliligi va ertaknamo go‘zalligi bor-budi bilan namoyon bo‘ladi”, deydi klip rejissyori Jasur Shametov.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!