Isroil HAMAS rahbari Yahyo Sinvarning o‘ldirilganligi ehtimoli haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda

Isroil HAMAS rahbari Yahyo Sinvarning o‘ldirilganligi ehtimoli haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda

Isroil HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarning G‘azo sektoriga qilingan hujum natijasida o‘ldirilganligi ehtimoli haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda.

Bu haqda Isroilning Kan radiostansiyasi xabar bermoqda.

"Isroilda HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Sinvarning o‘limi haqida hech qanday aniq ma’lumot yo‘q", — deya aniqlik kiritdi Axios muxbiri Barak Ravid Isroil rasmiylariga tayanib.

Isroil rasmiylaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bunday taxminlar, Sinvarning so‘nggi haftalarda aloqaga chiqmaganligi va omma oldida ko‘rinish bermaganligiga asoslangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!