SAXAL 23 sentyabr kuni Livandagi "Hizbulloh” guruhining 300 dan ortiq nishonlariga zarbalar berganini ma’lum qildi

 SAXAL 23 sentyabr kuni Livandagi "Hizbulloh” guruhining 300 dan ortiq nishonlariga zarbalar berganini ma’lum qildi

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning hujumlari oqibatida 182 kishi halok bo‘lgani va 727 dan ortiq kishi jarohat olganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida bolalar, ayollar va shifokorlar bor.

Avvalroq Isroil Livan janubida yashovchi aholini, qurol-yarog‘ saqlanadigan binolardan evakuasiya qilishga chaqirgan, shuningdek, "keng ko‘lamli hujumlar" haqida ogohlantirgan edi. Associated Press agentligining yozishicha, evakuasiya belgilari qayd etilmagan, chunki livanliklar Hizbulloh qurollari saqlanadigan binolarda yashashlarini bilmasligi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!