Ispaniyada chaqaloq tug‘ilganidan 9 kun keyin koronavirusga chalindi

Ispaniyada chaqaloq tug‘ilganidan 9 kun keyin koronavirusga chalindi

Ispaniyaning Valensiya shahrida koronavirusga chalingan chaqaloq 70 kundan so‘ng kasalxonadan chiqdi. Bu haqda Unilad nashri xabar bermoqda.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq (o‘g‘il, ismi Petru) koronavirusni katta akasidan yuqtirgan. Tug‘ilgandan to‘qqiz kun o‘tgach, Petruning nafas olishi qiyinlasha boshladi. Natijada u kasalxonaga yetkazilgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Dastlab uni ko‘rishga ruxsat berilmagan, shuning uchun ota-onalar go‘dakni faqat videoaloqa orqali kuzatishlari mumkin edi.

Keyinchalik Petru kasallik tufayli ovqatlanishda ham muammolarga duch keldi. Unga COVID-19 ni to‘liq yengish uchun ikki oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!