Ismoil alayhissalomning birinchi ayolini taloq qilib, ikkinchi ayolini nikohda qoldirish hikmati

Ismoil alayhissalomning birinchi ayolini taloq qilib, ikkinchi ayolini nikohda qoldirish hikmati

Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalomning birinchi ayolini talog‘ini berishga, ikkinchi ayolini esa nikohda qoldirishga hukm qildilar. Uning hikmati va siri nima?

U ishning ichidagi Alloh taoloning bir muhim hikmati va siri shuki, Ismoil alayhissalom avlodidan ikki olam sarvari, payg‘ambarlarning xatmkunandasi Nabiy sollallohu alayhi vasallamni chiqarish bo‘lgan. Muhammad solallohu alayhi vasallamni fitriy tarzda axloqli, sabrli, shokir va sadoqatli bo‘lishlari juda zarur edi. Bu esa ekinzorni tanlashga bog‘liq edi. Ibrohim alayhissalom tavsiyalariga binoan Ismoil alayhissalom ikkinchi ayollari bilan qoldilar. Natijada, Nabiy sollallohu alayhi vasallam dunyoga kelganlaridan keyin ko‘plab mashaqqatlarga bardosh berib, xavfli o‘rinlarda tog‘ kabi sobit qadam turib, sabr bilan ish tutdilar. Dunyo tarixi uni esdan chiqarmaydi.

Ismoil alayhissalomning birinchi ayollarida na shukr va na sabr bor edi. U Ibrohim alayhissalomga yashashlaridan shikoyat qilib, biz tanglik va qiyinchilikda istiqomat qilmoqdamiz dedi. Ikkinchi ayollari avvalgisini aksi bo‘lib, tog‘ kabi sabr-bardoshli edi. Shuning uchun ham qiynalishlariga qaramay Ibrohim alayhissalomga xayr-baraka va kenglikda istiqomat qilmoqdamiz deb, Alloh taologa hamd va sanolar aytdi. Aslida esa tanglik va mashaqqatlarga sabr-bardosh qilib yashashyotgan edilar. Uni Ismoil alayhissalomning ikkinchi ayollari hargiz oshkor qilmay har qanday holatda Alloh tomonidan berilgan ne’matga shukr aytdilar. Alloh taolo ularni qanday holatga tashlasa, o‘sha holat xayr va baraka deb tushundilar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Ismoil alayhissalomning ikki ayollaridan avvalgisi sabr va shukr maqomidan birortasini egallamagan edi. Shuning uchun uning naslidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning dunyoga kelishini xohlamadi. Shu sababli O‘zining xalili Ibrohim alayhissalom qalbiga o‘g‘li Ismoilga: “Ayolingni taloq qil” deb hukm qilishni soldi. Ismoil alayhissalom uylangan ikkinchi ayol sabr va shokir bo‘lganligi bois, Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoilni u bilan yashashga hukm qildilar. Chunki Muhammad sollallohu alayhi vasallamni u ayol naslidan paydo bo‘lishi Alloh taologa manzur bo‘lgan edi. Shu hikmatga binoan Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoilga birinchi ayoling bilan ajrash va ikkinchi ayoling bilan yasha deb hukm qildilar.

Ismoil alayhissalomning ikkinchi ayollaridan nubuvvat oftobi va rushdi hidoyatni ichib, ikki olam sarvari Nabiy sollallohu alayhi vasallam dunyoga keldilar va sabr, shukr xamda hidoyat borasida olamga bemisl muallimga aylandilar. Ismoil alayhissalomning ikkala ayolga uylanishlari ham Buxori sharifda zikr qilingan.

muslimaat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!