ISHID Afg‘onistonda uch nafar ayol jurnalistni o‘ldirdi

ISHID Afg‘onistonda uch nafar ayol jurnalistni o‘ldirdi

Seshanba kuni kechqurun Afg‘onistonning sharqiy hududida ommaviy axborot vositalarining uch nafar xodimi o‘ldirildi. ISHID jangari guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.

SITE razvedka guruhining ma’lum qilishicha, ISHID o‘zining jangarilari sharqiy hududdagi Jalolobod shahrida Enikas TVning to‘rt nafar ayol xodimini o‘qqa tutganini aytgan. Oqibatda, ularning uchtasi vafot etgan va bittasi jiddiy jarohatlangan.

Enikass TVning direktori Zalmay Latifining aytishicha, ayollar televideniye binosidan chiqib ketgandan keyin ularga hujum qilingan.

«Ular ofisdan uyga piyoda ketayotganlarida o‘qqa tutilishgan», dedi Latifi.

Nangarxar viloyat kasalxonasining matbuot kotibi Zahir Adel ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!