Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasi ishga tushiriladi

Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasi ishga tushiriladi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.

Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, o‘rma tutzor tashkil etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha tizim yaratiladi.

Ozuqa-em bazasini ko‘paytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 million yangi navli hosildor tut ko‘chatini ekish topshirildi.

Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasi ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratish boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!