Internetdagi firibgar: farg‘onalik ayol 1200 dollarga chuv tushdi

Internetdagi firibgar: farg‘onalik ayol 1200 dollarga chuv tushdi

2019 yil 17 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi X.T. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda internet tarmog‘idagi Apple New reklama sayti orqali o‘zini Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Jaden Guldana -deb tanishtirgan shaxs Telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali u bilan gaplashib, X.T. 2 dona iPhone XS mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qo‘shib berishini aytib ishontirganligini, so‘ng 2018 yil 26 dekabr kuni X.T. Qo‘qon shahridagi bankning halqaro elektron pul o‘tkazmasi orqali J.Guldanaga 1200 AQSh dollarini o‘tkazganligini, lekin shu kunga qadar mobil telefonini ham pullarini ham qaytarib ololmayotganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!