Indoneziyaliklar bu yil hajga bormaydi

Indoneziyaliklar bu yil hajga bormaydi

Indoneziya Din ishlari vazirligi koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil fuqarolar hajga bormasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

«Pandemiya tufayli va fuqarolarning xavfsizligini ko‘zlab, hukumat bu yil indoneziyalik ziyoratchilarning hajga borishiga ruxsat bermaslikka qaror qildi», – dedi din ishlari vazir Yoqut Cholil Qumas.

Vazirning aytishicha, bu yil to‘lov qilganlar hajga kelgusi yil borishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni bu yilgi haj uchun kvotani hali e’lon qilgani yo‘q. Pandemiyadan avval yilga o‘rtacha 2,5 million kishi haj ibodatini amalga oshirish uchun mazkur mamlakatga kelar edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, haj mavsumi Saudiya Arabistoni g‘aznasiga o‘rtacha 12 milliard dollar keltirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!