IIB tergovchisi o‘zini daryoga tashlagan talabani qutqarib qoldi

IIB tergovchisi o‘zini daryoga tashlagan talabani qutqarib qoldi

Milisiya xodimi o‘zini Dushanbinka daryosiga tashlagan talabani qutqardi. Hodisa 5 fevral kuni sodir bo‘lgan, deb xabar beradi "Avesta".

Tojikiston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, San’at instituti talabasi, 2000 yilda tug‘ilgan yigit oilaviy sharoitlar tufayli o‘z joniga qasd qilgan. Talaba M. A. S. Sheroziy shohko‘chasidagi ko‘prikdan o‘zini Dushanbinka daryosiga tashlagan. Voqeaga guvoh bo‘lgan IIB tergovchisi, katta leytenant Saymaxmud Amirshoyev talabaning ortidan daryoga sakrab, uni qutqarib qolgan.

Ayni damda fuqaroning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Tergovchi ham o‘rtacha darajada tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ushbu fakt bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda, deya xabar beradi huquqni muhofaza qilish idorasi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!