Hukumatni koronavirus tufayli tanqid qilgan jurnalist kaltaklandi

Hukumatni koronavirus tufayli tanqid qilgan jurnalist kaltaklandi

Tojikistonda “Osiyo plyus” axborot agentligi jurnalisti Abdullo G‘urbatiy noma’lum shaxslar tomonidankaltaklangan. Bu xaqda human.uz xabar berdi.

23 yoshli jurnalistning aytishicha, hukumat siyosatini tanqid qilgan maqolalari uchun unga qo‘ng‘iroq qilib bosim o‘tkazilgan. G‘urbatiy mamlakatda COVID-19 pandemiyasiga qarshi himoya choralari joriy etilmaganini tanqid qilganini bildirgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nusratullo Mahmadzodaning “Ozodlik”ka aytishicha, “G‘urbatiy ariza bergan bo‘lsa, hujum qilgan shaxslar topiladi va qonuniy chora ko‘riladi”. Jabrlanuvchi ariza berganini aytgan.

Aprel oyida “Chegarasiz muxbirlar” tashkiloti dunyo mamlakatlarining matbuot erkinligi bo‘yicha reytingini e’lon qilgan edi. Tojikiston 180 mamlakat ichida 161 o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!