Hizbullohning tunnel videosi dushmanlarni qo‘rqitmoqda, lekin ko‘p narsa noma’lumligicha qolyapti

Hizbullohning tunnel videosi dushmanlarni qo‘rqitmoqda, lekin ko‘p narsa noma’lumligicha qolyapti

Livan guruhining so‘nggi videosi Isroilga qarshi foydalanishi mumkin bo‘lgan keng tunnel tarmog‘ini ko‘rsatib berdi.

Videoda askarlar katta yuk mashinalari va mototsikllarni yaxshi yoritilgan yer osti yo‘llari bo‘ylab haydayotganini ko‘rish mumkin.

Ba’zi yuk mashinalari raketaga o‘xshash narsalarni tashimoqda. Raketalarni saqlash va uchirish uchun ishlatiladigan keng tunnel tarmog‘i Isroil bilan har qanday mojaroda muhim manba bo‘lishi shubhasiz.

O‘tgan hafta taqdim etilgan va «Bizning tog‘larimiz, bizning xazinalar» deb nomlangan video «Hizbulloh» guruhga qarshi yirik operasiya boshlasa, Isroilga qarshi o‘ch olish uchun o‘zining keng va yashirin qurol arsenalidan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi, deydi tahlilchilar.

«Bu isroilliklarga [Hizbullohdan] signal bo‘ldi», dedi Nikolas Blanford, Hizbulloh bo‘yicha ekspert.

Shuni ta’kidlash kerakki, videoda suratga olingan tunnellar qayerda ekanligini va Hizbullohning tunnel tarmog‘i qanchalik keng ekanligini bilishning iloji yo‘q.

Darhaqiqat, videodan juda oz narsa ma’lum: bu tunnellar mavjudligi, ular katta va yer osti magistrallari bo‘lib xizmat qilishi, ularda qurol-yarog‘lar saqlanishi va ular Hizbulloh joylashgan yer ustidagi teshiklarga ulanishi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!