Hindistonda kuchli yomg‘ir 17 kishining umriga zomin bo‘ldi

Hindistonda kuchli yomg‘ir 17 kishining umriga zomin bo‘ldi

Kecha, Hindistonning g‘arbiy qismida kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinini keltirib chiqardi va natijada 17 kishi halok bo‘ldi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra,  Maharashtra shtatida o‘n ikki kishi, shu jumladan, to‘qqiz yashar bola sel toshqini oqibatida halok bo‘ldi. Ushbu shtatning qishloq hududidagi masjid ham toshqinlardan zarar ko‘rgan.

«Biz besh kishining jasadini topdik va hanuz bedarak yo‘qolgan ikki kishini qidirmoqdamiz.  Qutqaruv ishlari davom etmoqda», dedi polisiya rasmiysi Sandip Patil.

Shtat bosh vaziri Devidra Fadnavis “Tvitter” orqali o‘z hamdardligini bildirdi va Baramati shahrida 15000 kishi evakuasiya qilinganini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, musson yomg‘irlari qurg‘oqchilikdan aziyat chekadigan Hindistonda suv ta’minoti uchun muhim ahamiyatga ega,  ammo ular har yili mamlakat bo‘ylab yuzlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!