Hasanboy Do‘smatov 350 ming AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlandi

Hasanboy Do‘smatov 350 ming AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlandi

Xabaringiz bor, kuni kecha Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida boks bo‘yicha IBA "Chempionlar oqshomi" o‘tkazildi.

Mazkur musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko‘tarilib, IBA chempionlik kamari uchun o‘zaro jang qildi. Ushbu jang 10 raund davom etdi va unda Hasanboy ochkolar hisobida g‘alaba qozondi va tashkilotchilar tomonidan kafolatlangan 350 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, kechagi boks oqshomida ringga chiqqan boshqa bokschilarimiz A’loxon Abdullayev, Iqboljon Xoldorov, Mujibillo Tursunov, Elnur Abduraimov, Jahongir Zokirov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham g‘alabalar qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!