Hamyurtlarimiz BRIKS o‘yinlarining ikkinchi kunida qanday natijalar qayd etdi?

Hamyurtlarimiz BRIKS o‘yinlarining ikkinchi kunida qanday natijalar qayd etdi?

Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining ikkinchi kuni ortda qoldi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi sportchilari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin medal:
Mehriddin To‘raxonov (karate, -60 kg)

Kumush medal:
Vyacheslav Rudnev / Anna Vashchenko (sinxron suzish, mikst)
Gulshan Alimardonova (karate, -50 kg)
Erkin Qozoqov (sambo, -98 kg)
Nurbek To‘rayev (sambo, +98 kg)
Darya Latisheva (ushu, taolu)

Bronza medal:
Jasmina Mahmudova (sport gimnastikasi, tayanib sakrash)
Muhammadabdulaziz Xo‘jaqulov (karate, -67 kg)
Doston Otabolayev (karate, -75 kg)
Feruza Xo‘rozova (sambo, +80 kg)
Muxlisa Turdiyeva (sambo, -72 kg)
Muxlisaxon Qodiberganova (sambo, -65 kg)

Ikki kunlik bahslardan so‘ng O‘zbekiston delegasiyasi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallari bilan Rossiya, Belarus va Xitoy davlatlaridan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!